Taymazovning olimpiada oltin medali rossiyalik kurashchiga topshiriladi

Foto: Reuters/Scanpix
2008 yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi uchun berilgan va Artur Taymazovdan olib qo‘yilgan oltin medal 120 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagi rossiyalik erkin kurashchi Baxtiyor Ahmedovga beriladi. Bu haqda Rossiya Olimpiya qo‘mitasi xabar qilgan.
O‘tgan yili Birlashgan kurash tashkiloti (UWW) Ahmedovni 120 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda erkin kurash bo‘yicha 2008 yilgi olimpiya chempioni deb e'lon qildi. Bu Artur Taymazov doping-namunasidagi qayta tekshiruvda taqiqlangan preparatlar topilgani tufayli chetlatilganidan so‘ng yuz berdi.

«2 dekabr kuni Krilatskiydagi «Dinamo» sport saroyida 2008 yil Pekinda bo‘lib o‘tgan O‘yinlarning oltin medalini erkin kurash bo‘yicha 120 kilogrammgacha vazndagi rossiyalik sportchi Baxtiyor Ahmedovga tantanali topshirish marosimi o‘tkaziladi. U 2008 yilgi O‘yinlar olimpiya medallarining qayta taqsimlanishi asosida sportchimizga berildi», - deyiladi Rossiya Olimpiya qo‘mitasi xabarida.
Tadbirda Rossiya Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Stanislav Pozdnyakov, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a'zosi Shamil Tarpishchev va boshqa rasmiy shaxslarning ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid

23:05 / 09.08.2024
Parij-2024. G‘ulomjon Abdullayev – bronza medali sohibi

21:51 / 09.08.2024
Parij-2024. Razambek Jamalov finalga chiqdi

12:18 / 02.07.2024
Moskvada erkin kurash bo‘yicha Rossiya jamoasi murabbiyi terrorizmda gumonlanib ushlandi

10:26 / 07.11.2023