Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng "kuchli" pasport ma'lum qilindi

Foto: Arab News
Passport Index reytingiga ko‘ra, BAA pasporti dunyodagi eng kuchli pasport deb topildi, deb xabar berdi The National nashri.
"Dunyo BAA xalqi uchun o‘z eshiklarini ochadi", deb izohladi BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay hukmdori shayx Muhammad ibn Rashid Al Maqtum o‘zining Twitter blogida.
BAA tashqi ishlar vazirligi 2021 yilgacha mazkur mamlakat pasportini dunyoning eng kuchli pasportlari beshligiga kiritishni maqsad qilgan Passport Force tashabbusini ilgari surgandi. 2016 yil dekabrdagi reytingda Amirlik pasporti 27-o‘rinda joylashgandi.
Bugungi kunda BAA fuqarolari 167 mamlakatga vizasiz bora oladi.
Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston pasporti 68-o‘rinni egallamoqda. O‘zbekistonliklar 63 ta davlatga viza olmagan holda sayohat qilishlari mumkin: ular 26 ta davlatga vizasiz borishlari mumkin, 37 ta davlatga esa kirishda viza olishlariga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonliklar viza olishlari kerak bo‘lgan davlatlar 135 tani tashkil qiladi.
Mavzuga oid

15:05 / 10.07.2025
Ish va hayot balansi eng yaxshi bo‘lgan davlatlar reytingi tuzildi

15:47 / 27.06.2025
Fitch O‘zbekiston suveren reytingini «BB-»dan «BB»ga o‘zgartirdi

10:33 / 23.06.2025
Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

15:24 / 18.06.2025