Arab parlamenti Suriyani Arab davlatlari ligasiga qaytarishga chaqirdi

Foto: RIA Novosti / Mixail Alayeddin
Arab parlamenti Arab davlatlari ligasini (ADL) Suriyani a'zoligi to‘xtatib qo‘yilganidan yetti yil o‘tib, tashkilotga qaytarishga chaqirdi. Bu haqda parlament bayonotida aytilgan.
«Arab parlamenti ADL kengashi, barcha umumarab tashkilotlarini ish boshlashga hamda Suriyani arab dunyosiga qaytarish bo‘yicha muvofiqlashgan holda harakat qilishga chaqiradi», - deyiladi hujjatda.
Suriyaning ADLdagi a'zoligi 2011 yil noyabr oyida, hukumat kuchlari va qurollangan muxolifat tuzilmalari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tufayli muzlatib qo‘yilgandi. Shu bilan birga, qator arab davlatlari Damashqdan o‘z elchilarini chaqirtirib olishdi.
ADLga asos solgan davlatlardan biri bo‘lgan Suriya bu vaqtga qadar tashkilot ishida ishtirok etmadi. Shu bilan birga, ADL Suriyadagi vaziyatga yechim topish bo‘yicha muzokaralarda deyarli qatnashmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon Turkiyaga Suriya bo‘yicha eslatma bilan chiqqandi.
Pentagon vakili Shon Robertsonning ma'lum qilishicha, Suriya shimoli-sharqidagi turk harbiylarining bir tomonlama harakatlari «qabul qilinishi mumkin emas».
Mavzuga oid

16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi

15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?

23:00 / 20.05.2025
Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qiladi

21:36 / 20.05.2025