TripAdvisor 2018 yilning eng ommabop diqqatga sazovor maskanlarini e'lon qildi

Foto: Stefano Rellandini / Reuters
2018 yilda eng ommabop diqqatga sazovor maskan Rimdagi Kolizey bo‘ldi. Bu haqda sayyohlarning bron qilish bo‘yicha statistikasiga asoslanib TripAdvisor xabar qilmoqda.
Keyingi o‘rinlarda Rimdagi Vatikan muzeyi, Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali, Parijdagi Luvr muzeyi va Eyfel minorasi joylashdi. Eng ommabop maskanlar o‘ntaligiga shuningdek, Barselonadagi Bazilika Sagrada-Familiya, San-Frantsiskodagi Oltin darvoza ko‘prigi, Britaniyadagi Stounxenj, Versal saroyi va Venetsiyadagi Grande kanali kirdi.
2017 yilda eng ommabop maskanlar reytingida birinchi o‘rinni Vatikan muzeyi egallagandi. Ikkinchi o‘rinda Chikago shahri, uchinchi o‘rinda Kolizey qayd etilgandi. Ro‘yxatdan shuningdek, Bazilika Sagrada-Familiya, Eyfel minorasi, Kaliforniyadagi Warner Bros. kinostudiyasi, Nyu-Yorkdagi Empayr-steyt-bilding joy olgandi.
Mavzuga oid

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

13:27 / 06.06.2025
2 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda chet elga safar qildi

12:05 / 02.06.2025
O‘zbekiston Rossiyadan turistlar oqimini oshiradi

13:44 / 30.05.2025