Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Fazoviy ma'lumotlar infrastrukturasi haqida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi

Foto: National Geographic
O‘zbekistonda fazoviy ma'lumotlar infrastrukturasi yaratiladi. Bu haqda 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturida aytilgan.
Hujjat bilan “Fazoviy ma'lumotlar infrastrukturasi haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:
fazoviy ma'lumotlarni yaratish, qayta ishlash va ulardan foydalanish sohasida munosabatlarni tartibga solish asoslarini belgilash;
fazoviy ma'lumotlar infrastrukturasini yaratish hamda rivojlantirishning asosiy maqsadi;
davlat organlari, tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fazoviy ma'lumotlardan foydalanish ehtiyojidan kelib chiqib ushbu fazoviy ma'lumotlardan ishonchli, tezkor va samarali foydalanish.
Qonunning qabul qilinishi jismoniy va yuridik shaxslarning fazoviy ma'lumotlar bazasiga kirish hamda ulardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas'ul ijrochilar - “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi.
Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil noyabr, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil dekabr.
Mavzuga oid

15:00 / 16.07.2025
Ayrim holatlarda xavfli pirotexnikadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

09:49 / 02.07.2025
AQSh Senati Trampning «katta» qonun loyihasini ma’qulladi

12:07 / 21.06.2025
Britaniya Jamoatlar palatasi evtanaziya to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

13:34 / 10.06.2025