Buyuk Britaniyada taomlarning kaloriyasini qonunan cheklash taklif etildi

Foto: Pixabay
Buyuk Britaniyada taomlarning kaloriyasini qonunan cheklash taklif etildi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ijroiya agentligi har qanday yarimfabrikatga 544 kaloriya miqdorida limit joriy qilishni talab qilmoqda. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, davlat bolalar semizligiga qarshi kurashmoqda va 2024 yilgacha har qanday mahsulotning kaloriyaligini 20 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Supermarketlarda sotiladigan sendvich va salatlarni 550 kaloriyagacha, restorandagi asosiy taomlarni esa 951 kaloriyagacha cheklashga qaror qilindi. Mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari hukumat tomonidan taklif qilingan rejadan g‘azablanmoqdalar. Tanqidchilar cheklovlarni “zulmkor, g‘ayriilmiy va noreal” deb atashgan.
Mutaxassislar restorator va reteylerlarni ko‘ngilli tarzda hamkorlik qilishni istamasalar, yangi qoidalar qonunan kuchga kirishidan ogohlantirishgan.
Mavzuga oid

14:01 / 17.10.2024
Olimlar piyoda yurganda qanday qilib ko‘proq kaloriya yo‘qotish usulini topdi

12:29 / 15.08.2023
Shaharliklarga qishloq ta’mini sotyapman – uy taomlari pishirib sotayotgan yosh ona hikoyasi

22:44 / 30.12.2022
Dunyoning eng yaxshi 100 ta milliy taomi e’lon qilindi

10:39 / 28.09.2022