O‘zbekiston | 12:04 / 28.12.2018
4066
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar hokimligi tadbirkor va investorlar uchun interaktiv portalni ishga tushirdi

Toshkent shahar hokimligi tadbirkor va investorlarga qulaylik yaratish maqsadida tashinvest.uz interaktiv portal faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Mazkur investitsiya portali orqali nafaqat mamlakatimiz, balki xorij ishbilarmonlari o‘z loyihalarini onlayn tarzda yuborishlari mumkin. Bunda investorlarning qimmatli vaqtini tejash, masofadan turib biznes loyihalarini taqdim etish ko‘zda tutilgan. Buning uchun portalda maxsus so‘rovnomani to‘ldirib ariza qoldirish imkoniyati mavjud”, deyiladi xabarda. 

Portalning yana bir afzallik jihati shundaki, investor taqdim etgan loyihasining qaysi bosqichda ekanligini kuzatib boradi. 

Mazkur portal orqali kelib tushgan loyihalar hokimiyatning maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya tasdig‘idan o‘tgan loyihalar hokimlik binosida bo‘lib o‘tadigan “Investorlar kuni” tadbirida ishtirok etadi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun +998 71 210-03-00, +99871 210-03-25, +99871 210-03-28 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.

Mavzuga oid