Hindiston aholisi iflos havo sabab nobud bo‘lmoqda

Olimlar dahshatli statistikani e'lon qilishdi: Hindistonda o‘tgan yildagi jami o‘limlarning 12 foizi atmosfera havosining yuqori darajada ifloslangani sabab yuz bergan. Sanoatlashish, urbanizatsiya, aholi sonining o‘ta tez o‘sishi va aholisi soni milliarddan ortiq u qadar boy bo‘lmagan mamlakatdagi ekologik nazoratning pastligi uchun badal ana shunday.
O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, Hindiston aholisining to‘rtdan uch qismi havo sifati hind davlat standartlariga mos kelmaydigan shahar va tumanlarda istiqomat qiladi. Shu bilan birga Hindiston havosini ifloslantiruvchi moddalarning yuqori darajasini belgilaydigan sanitar-gigiyenik normalar Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotida (BSST) belgilangan talablarga qaraganda ancha “yumshoqligi” aytilgan. BSST ma'lumotlariga qaraganda, Hindistonning hech bir shtati bu tashkilot normalariga mos kelmaydi.
Aholisi 1 milliondan ortiq bo‘lgan megapolis va shaharlarning keskin o‘sishiga qaramay, Hindistondagi urbanizatsiya darajasi 30 foizga yaqin. Bu esa sayyoradagi eng past ko‘rsatkichlardan. Biroq hatto qishloq joylarida ham atmosfera havosining sifati talab darajasida emas — pista ko‘mirni ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi dalalarida qoldiqlar va maishiy chiqindilarni yoqish, shuningdek o‘rmon yong‘inlari o‘zining salbiy ta'sirini ko‘rsatmoqda.
Shahar aholisi sonining tez sur'atlarda o‘sishi va havo sifatining past darajasi tufayli hind megapolislarida doim “bo‘g‘uvchi” smog bo‘ladi. Yangi Dehli esa dunyoning eng iflos shaharlari ro‘yxatida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Biroq ekologik normativlar va cheklovlar tizimini yaratish vaqt va moliyaviy xarajatlarni talab etadi. Mutaxassislar esa mamlakat o‘zining hozirgi rivojlanish bosqichida atrof-muhitni himoya qilishning kerakli darajasi va shaharlardagi atmosfera havosi sifatini ko‘tarishni ta'minlash imkoniyatiga ega emasligini tan olishadi.
Tibbiyot xodimlari atmosferaning yuqori darajada ifloslanishi kuzatilgan joylarda kun kechirish faqatgina o‘pka kasalliklarida namoyon bo‘libgina qolmay, nafas yo‘llari, yurak qon-tomir kasalliklari va boshqa patologiyalarni ham yuzaga chiqarishi mumkinligini qayd etishmoqda. Ushbu kasalliklarda vafot etish ko‘rsatkichi Hindistonda juda yuqori, ko‘plab rivojlanayotgan davlatlarda qayd etilayotgan hayot davomiyligining uzayishi o‘rniga Hindiston umr davomiyligi qisqarishi muammosiga duch keldi. Bu esa o‘z navbatida kishini xavotirga soladi.
Mavzuga oid

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025