Avstraliya politsiyasi 16 mamlakat elchixonasiga jo‘natilgan shubhali jo‘natmalar bo‘yicha surishtiruv boshladi

Foto: Flickr
Avstraliya federal politsiyasi Melburn va Kanberradagi 16 mamlakat elchixona va vakolatxonalariga o‘ta xavfli oq kukun solingan jo‘natmalar jo‘natilganligini tasdiqladi. Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Misr, Hindiston, Italiya, Indoneziya, Ispaniya, Yangi Zelandiya, Pokiston,AQSh, Turkiya, Fransiya, Shveytsariya, Xorvatiya va Janubiy Koreya elchixonalarida surishtiruv ishlari o‘tkazildi. Bu haqda ABC teleradiokorporatsiyasi xabar berdi.
"Bugun bir nechta konsullik muassasalari shubhali jo‘natmalar olgan. Biz buni diplomatik vakolatxonalarga qaratilgan harakat deb hisoblaymiz, u fuqarolar hayotiga xavf solmaydi", deyiladi Viktoriya shtati politsiyasi bayonotida.
Viktoriya shtati federal politsiyasi va politsiyasi shubhali jo‘natmalar qabul qilgan barcha diplomatik missiyalarda tekshiruv ishlari o‘tkazgan. Jo‘natmalardan jabrlanganlar haqida hozircha ma'lumot berilmadi.
Mavzuga oid

13:43 / 11.06.2025
Beshta davlat ikki isroillik vazirga qarshi sanksiyalar kiritdi

21:48 / 07.06.2025
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi

17:11 / 04.06.2025
To‘tiqush Avstraliyaning birinchi raketasi parvoziga to‘sqinlik qildi

12:24 / 30.04.2025