Osiyo Kubogida murabbiylarning ikkinchi iste'fosi yuz berdi

Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Bernd Shtange iste'foga chiqarildi, deb xabar beradi The Asian Game.
Osiyo Kubogi guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Iordaniyaga qarshi bahsdagi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, suriyaliklar nemis mutaxassisi bilan xayrlashishdi. Dastlabki turda Suriya terma jamoasi Falastin bilan 0:0 hisobidagi durangni qayd etgan edi.
Guruh bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan Avstraliyaga qarshi o‘yinga Suriya terma jamoasini Shtange yordamchisi Ayman Hakim tayyorlaydi. Keyingi bosqichga chiqish uchun suriyaliklarga faqat g‘alaba kerak.
Avvalroq, Tailand terma jamoasi birinchi turda Hindiston terma jamoasidan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan (1:4) keyin bosh murabbiy Milovan Rayevatsni iste'foga chiqargan edi.
Mavzuga oid

11:42 / 07.05.2025
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi

16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi

19:00 / 05.03.2025
Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov ishdan ketgan

12:30 / 03.03.2025