Fazliddin G‘oibnazarov dominikanlik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi

Rio Olimpiadasi chempioni, jahon chempionati kumush medali sohibi, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan Fazliddin G‘oibnazarov 18 yanvar kuni (Toshkentda 19 yanvar ertalab) dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi ringga ko‘tariladi.
Bokschimiz mazkur jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Jangga tayyorgarlik yakunlandi. Mashg‘ulotlar yuqori saviyada tashkil etildi. Raqibim kutilmagan vaziyatlarni taqdim etadi deb o‘ylamayman. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman, jarohatim yo‘q. Ertaga vazn o‘lchash marosimi, bir kun o‘tib esa jang. O‘z g‘alabam bilan muxlislarni xursand qilmoqchiman», – deya sportchining so‘zlarini keltirgan MOQ matbuot xizmati.
Ma'lumot uchun, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g‘alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan.
Mavzuga oid

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev meksikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi

09:20 / 13.04.2025