Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Demokratlar Trampning tarjimonlari bo‘yicha talab qo‘yishdi

Foto: Anatoliy Malsev / EPA / TASS
AQSh senatining tashqi aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Robert Menendes, shuningdek, qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mita rahbari Jyek Rid Amerika yetakchisi Donald Trampga maktub yo‘lladi. Unda kongressga uning tarjimonlarini so‘roq qilishga ruxsat berish talabi bor, deb yozmoqda The Hill senatorlar xatiga tayangan holda.
Demokratlarning bildirishicha, kongress Tramp tarjimonlarini so‘roq qilishi kerak, sababi hozirgi vaqtda AQSh prezidentining Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvlari borasida «maxfiylik» saqlanib turibdi. Ular 2018 yil Xelsinkidagi uchrashuvda tarjimonlik qilgan shaxs bilan suhbatni o‘ta muhim, deb hisoblashmoqda.
Avvalroq, AQSh vakillar palatasining ikkita qo‘mitasi huquqshunoslari Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvlarida ishtirok etgan tarjimonlarni ko‘rsatmalar berish uchun chaqirtirish imkonini muhokama qilayotgani xabar berilgandi.
Washington Post nashrining ma'lum qilishicha, Tramp o‘z ma'muriyatidan Putin bilan suhbatlari tafsilotlarini yashirgan. Buning natijasida hattoki maxfiylashtirilgan fayllarda ham Trampning Putin bilan oxirgi ikki yil ichida 5 ta joydagi suhbatining birorta batafsil yozuvi qayd qilinmagan.
Mavzuga oid

18:26 / 10.07.2025
Yevrokomissiya Zelenskiy ishtirokidagi muzokaralarni yozib olgan tarjimonni chetlatdi - Le Monde

19:53 / 21.11.2022
“Gidlarga haqi to‘lab berilmoqda”. ShHT sammitida tarjimonlik qilib, haqini ololmaganlar haqidagi maqolaga munosabat bildirildi

14:11 / 20.11.2022
Haqini ololmayotgan gidlar: Samarqanddagi ShHT sammiti tarjimonlarining puli to‘lab berilmayapti

15:27 / 30.08.2022