Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Kerch bo‘g‘ozidagi yong‘inda 16 turkiyalik halok bo‘lganini ma'lum qildi

Foto: RIA Novosti
21 yanvarda Kerch bo‘g‘ozida “Maestro” va “Kandi” tankerlarida chiqqan yong‘in oqibatida 16 nafar turkiyalik dengizchi halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi.
“Imkoniyatdan foydalanib, Kerch bo‘g‘ozida ikkita kema to‘qnashuvi oqibatida dengizchilar halok bo‘lishi munosabati bilan hamdardlik bildirmoqchiman. Ma'lumki, voqeada Turkiyaning 16 fuqarosi halok bo‘lgan”, deb aytgan Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Kremldagi uchrashuv ochilishida.
Erdo‘g‘an jabrlanuvchilarni qutqarishda ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirgan.
Shuningdek, voqea oqibatida Hindistonning 6 fuqarosi halok bo‘lgan. Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vazirligi saytida ma'lum qilingan.
Ma'lum qilinishicha, Hindistonning yana 6 fuqarosi bedarak yo‘qolgan, 4 fuqarosi qutqarilgan. Ta'kidlanishicha, tankerlarning har birida 8 nafardan hindistonlik bo‘lgan.

Suyultirilgan gaz ortilgan tankerlarda Qora dengizning neytral suvlarida yong‘in chiqqan. Tanzaniya bayrog‘i ostida suzuvchi tankerlar Qrimdagi Takil burnidan 15 dengiz mili uzoqlikda langarda turgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in bir kemadan ikkinchisiga yonilg‘i o‘tkazilayotganda yuz bergan.
Mavzuga oid

21:27 / 09.07.2025
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?

19:02 / 09.07.2025
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

16:48 / 09.07.2025
Rossiya yil oxirigacha Hindistondan 1 million mehnat migrantini qabul qilishi mumkin

09:40 / 07.07.2025