Bank mablag‘lari o‘zlashtirilganligi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi - Bosh prokuratura

Illyustrativ foto
Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan.
Unda Sayxunobod tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari T.O. budjet mablag‘larini talon-taroj qilganligi aniqlandi.
Aniqlanishicha, fermer xo‘jalik rahbari bank tomonidan chorva mollari sotib olish uchun ajratilgan kredit mablag‘ini shartnomada ko‘rsatilgan maqsadga yo‘naltirmasdan, 230 million so‘mni naqdlashtirib, boshqa ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

16:47 / 02.06.2025
Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Bahri Tojik» suv omboridan birgalikda foydalanadi

07:53 / 30.05.2025
DXX Xorazm va Sirdaryoda firibgarlik holatlarini aniqladi

14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi

22:52 / 20.05.2025