Salvadorlik saylovchilar falastinlik nomzodga ovoz berishmoqda

Foto: Jose Cabezas / Reuters
4 fevral kuni Salvadorda prezidentlik saylovlarining ilk turi bo‘lib o‘tdi. Mamlakat tarixida ilk bor o‘tgan asrning 80-yillari – fuqarolar urushidan buyon siyosiy hayotda yetakchi ikki partiyaga a'zo bo‘lmagan nomzod davlat rahbari bo‘lishi mumkin. So‘rovnomalarga ko‘ra, mustaqil nomzod, etnik falastinlik Noyib Bukele saylovlarda g‘alabaga yaqin turibdi.
Salvadordagi Fransisko Gavidia universiteti, Consulta Mitofsky Meksika kompaniyasi va Salvador texnologik universiteti o‘tkazgan ijtimoiy so‘rovga ko‘ra, birinchi turda yangi to‘lqin siyosatchisi Noyib Bukele g‘alabaga erishishi prognoz qilinmoqda. So‘rovnomalar asosida 58 foiz, 57 foiz va 55 foiz natija bilan Bukelening g‘alabasi taxmin qilingan.
Noyib Bukele — prezidentlik saylovlarida qatnashayotgan eng yosh nomzod, u 37 yoshda. Kelib chiqishi Falastindan (Salvadorda 100 mingga yaqin etnik falastinlik yashaydi, e'tiqodi asosan xristianlik bo‘lgan falastinliklar mamlakatga XX asr boshida ko‘chib kelgan).
Bukele 18 yoshidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. El Faro gazetasi ma'lumotlariga ko‘ra, Noyib Bukele Yamaha firmasi tovarlari distributsiyasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya va Obermet reklama agentliklarining egasidir. 2012 yilda u Nuevo-Kusklatan shaharchasi meri, so‘ng 2015 – 2018 yillarda Salvador poytaxti San-Salvador meri sifatida faoliyat olib borgan.
Bukele ijtimoiy tarmoqlardan juda faol foydalanadi. Facebook’da uning sahifasini 1,45 million foydalanuvchi kuzatib boradi. U prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ymoqchiligi haqida ham aynan Facebook orqali e'lon qilgan va videorolik 1 million martadan ortiq ko‘rilgan.
Ma'lumot uchun, Salvador Respublikasi Markaziy Amerikadagi davlat bo‘lib, shimoli-sharqda Honduras, g‘arbda esa Gvatemala bilan chegaradosh. Maydoni 21,5 ming kv km bo‘lib, aholisi 6,3 million kishidan ziyoddir. Amaldagi prezidenti Salvador Sanches Seren hisoblanadi.
Mavzuga oid

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

21:16 / 12.11.2021
Salvador prezidenti jinoyatchilarga qarshi kurashga armiyani jalb qildi

15:47 / 18.10.2021
MSK 3 kun davomida qancha saylovchi muddatdan avval ovoz berganini ma'lum qildi

12:39 / 18.10.2021