Jahon | 21:05 / 13.02.2019
26494
1 daqiqa o‘qiladi

Ona o‘limga mahkum bolasini boshqa bolalarga yordam berish maqsadida tug‘ishga qaror qildi

AQShning Tennessi shtatida yashovchi Krista Devis rivojlanishida halokatli nuqsoni bo‘lgan bolasini boshqa bolalarga yordam berish maqsadida tug‘ishga qaror qildi. Bu haqda KRDO nashri xabar berdi.  

Ayol homiladorligining 18-haftasida bo‘lg‘usi bolasida anensefaliya – homila rivojlanishidagi nuqson borligi aniqlangan. Bu nuqsonda miya katta yarimsharlari va bosh suyagi yuqori qismi bo‘lmasligi mumkin. Odatda, bunday nuqsonli bolalar tug‘ilganidan keyin 30 daqiqadan ko‘p yashamaydilar.

Ona homiladorlikni to‘xtatmay, bolasini tug‘ishga va uning organlarini muhtoj bolalarga berishga qaror qilgan. 

Ayol 2,72 kglik qiz farzand ko‘rgan. Chaqaloq bir haftadan keyin nobud bo‘lgan. Uning yurak klapanlari kasal bolalarga o‘tkazilgan, o‘pkasi esa anensefaliyaning oldini olish usullarini izlash bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilarga berilgan.

Mavzuga oid