Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kommersant'»: IShID jangarilari GRUga hujum qilishni rejalashtirgan

Foto: ntv.ru
Shvetsiya va Tojikistondagi hujumlarga masofadan boshchilik qilgan, IShID terrorchilik tashkiloti yetakchilaridan biri Tojiddin Nazarov (Abu Usama Norakiy) Moskvadagi GRU obektida terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rgan. Bu haqda «Kommersant'» gazetasi yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Norakiy tomonidan tashkil etilgan terrorchilar guruhlari Xoroshevskiy shossesidagi GRU qarorgohi yonida harbiy xizmatchilarga hujum qilishni rejalashtirgan. Shuningdek, ular «temir yo‘l yo‘lovchilari»ga nisbatan terakt sodir etish maqsadida bo‘lgan.
Gazetadan qayd etishlaricha, FXX atseton triperoksidi asosidagi xavfli portlovchi moddani sotib olishga urinish paytida ularni aniqlab, terrorchilar rejalarining oldini olishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi qamalgandi.
Mavzuga oid

19:10 / 04.07.2025
IShID va ash-Shar’aning maqsadlari ayro, Suriyadagi o‘zbeklar-chi?

21:28 / 02.07.2025
Moskva markazida ichida FSB veteranlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

12:36 / 14.06.2025
Moskva 1200 nafar Ukraina fuqarosining jasadini Kiyevga topshirdi

22:14 / 09.06.2025