Jahon | 15:00 / 28.02.2019
14693
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda 131 avtomobil ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Foto: Winnebago County Sheriff’s Office via AP

AQShning Viskonsin shtati tarixidagi eng yirik YTH yuz berdi, deb xabar qildi vesti.ru. xabarda aytilishicha, u yerda 131 ta avtomobil bir-biri bilan to‘qnashib ketgan. 

Hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, 71 kishi jarohatlangan.

Foto: Winnebago County Sheriff’s Office via AP

YTH yuz bergan shosseda bir necha kilometr uzunlikda tirbandlik paydo bo‘lgan. Hodisaga ob-havoning yomonligi sabab bo‘lgan, deb xabar qildi "Rossiya 24" telekanali. 

Foto: Winnebago County Sheriff’s Office via AP
Foto: Winnebago County Sheriff’s Office via AP
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qalin qor yog‘ishi natijasida yo‘lni ko‘rish darajasi ikki metrdan oshmagan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Avvalroq Kanadaning Ontario provinsiyasida 70 ta avtomobil to‘qnashib ketgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid