Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniy G‘arbni «oligarxlar»ga qarshi sanksiyalar kiritishga chaqirdi

Foto: Maxim Shemetov / REUTERS
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Financial Times nashriga bergan intervyusida G‘arbning Kremlga nisbatan kiritgan hozirgi sanksiyalari «mo‘ljalga tegmayotganini» aytdi.
«Amerikaning sanksiyalar siyosati mutlaqo tartibsiz. Ular siyosiy oligarxlarga qarshi sanksiya kiritishi kerak edi. Qolgan barchasi befoyda qog‘oz isrof qilishdir», dedi u.
Navalniy Amerika hukumatining Oleg Deripaska tomonidan affillangan UC Rusal va En+ kompaniyalaridan sanksiyalarni olib tashlash haqidagi qarorini tanqid qildi. Uning fikricha, bu Vashingtonning «yirik mag‘lubiyati» hisoblanadi.
Muxolifatchining so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada Skripallar zaharlanganidan so‘ng «Rossiya pullari»ga qarshi boshlangan kampaniya ta'siri kuchli lobbistlar va yuristlar tufayli boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
Navalniyning aytishicha, Amerikaning yangi sanksiyalar qonun loyihasidagi investorlarga Rossiyaning qarz majburiyatlarini sotib olishni taqiqlash singari choralar faqatgina «oddiy rossiyaliklarga» zarar yetkazadi, Kremlga esa hech qanday ta'siri bo‘lmaydi.
Mavzuga oid

13:26 / 08.07.2025
Fransiya: YeI Rossiyaga qarshi eng qattiq sanksiyalarni tayyorlamoqda

12:37 / 07.07.2025
Volodimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi maxsus sanksiyalar kiritdi

15:55 / 03.07.2025
NYT: AQSh yangi sanksiyalarining yo‘qligi eskilari ta’sirini pasaytiryapti

15:16 / 01.07.2025