Endi Paynet orqali mablag‘ingizni vaqf qilish imkoni yaratildi

"Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan bugungi kunda qator xayrli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, yurtdoshlarimizdan turli to‘lov usullari orqali kelib tushayotgan ehsonlar fond tomonidan o‘z haqdorlariga yetkazilayapti. Mazkur loyihalarni amalga oshirishda esa saxovatpesha vatandoshlarimizning ko‘magi alohida ahamiyat kasb etadi.
"Vaqf" xayriya jamoat fondi Telegram messenjeridagi @vaqfuz kanali va @vaqfuzguruhi guruhlarida bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda yana bir ommalashgan to‘lov usuli orqali xayriya qilish imkoniyatini yaratdi. Buning uchun yurtdoshlarimiz o‘ziga yaqin joyda joylashgan Paynet shoxobchalariga murojaat qilishi va mablag‘ini vaqf qilishi, zakotni to‘lashi hamda turli xayriya aksiyalariga mablag‘ o‘tkazishlari mumkin.
"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati
Mavzuga oid

20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi

15:30 / 29.04.2025
Paynet 2025 yilning 1-choragi bo‘yicha natijalarni e’lon qildi

09:30 / 29.03.2025
Paynet va Asaka Bank strategik memorandum imzoladi

17:00 / 21.03.2025