Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komilov va Amreyev Toshkentda Turkiy ishbilarmonlar kengashi majlisi o‘tkazilishini muhokama qildi

2019 yilning 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Abu-Dabi shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) bosh kotibi Bog‘dod Amreyev bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida ta'kidlanganidek, Turkiy kengash faoliyatida kuzatilayotgan jo‘shqin o‘zgarishlar O‘zbekistonda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Mamlakat ushbu jarayonning bir qismi bo‘lish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zlamoqda, deyiladi TIV xabarida.
Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2019 yili Toshkent shahrida Turkiy ishbilarmonlar kengashi va uning biznes forumining navbatdagi majlisini o‘tkazishning amaliy masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiy kengash o‘rtasidagi hamkorlik bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid

17:52
Abdulaziz Komilov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

12:12 / 03.06.2025
«Vaqti-soati kelganda tan olamiz» – Komilov O‘zbekiston «Tolibon»ni xalqaro hamjamiyat bilan birga tan olishini aytdi

18:24 / 31.05.2025
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov

13:47 / 31.05.2025