Markaziy Bank raisi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi
Markaziy bank Raisi o‘rinbosari Adham Rustamovich Islomov o‘z vazifasidan ozod etilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz axborot manbasi.
1976 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan Adham Islomov 2018 yil yanvaridan buyon Markaziy Bank raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
U bundan avval O‘zbekiston Prezidenti Devoni ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmatining bosh konsultanti sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Islomovning o‘rnini shu vaqtga qadar «O‘zagrosug‘urta» raisi lavozimida ishlab kelayotgan Saidqahhor Xolxo‘jayev egallaydi.

Mavzuga oid

21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi

13:45 / 09.05.2025
O‘zbekistonda xorijiy bank vakolatxonasini akkreditatsiya qilish tartibi o‘zgardi

22:02 / 10.01.2025
Markaziy Bank telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berilishi oqibatida kartadan pul yechilmasligini ma’lum qildi

17:55 / 11.12.2024