Pro-Ligada ishtirok etadigan jamoalar nomi e'lon qilindi

2019 yildan Pro-Liga yana ikki guruhga ajratiladi. A guruhi ishtirokchilari Superliga yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. V guruhi ishtirokchilari A guruhi yo‘llanmasi uchun bellashadi.
PFL bir jamoaga Pro-Liga A guruhiga imtiyozli yo‘llanma taqdim qilish maqsadida, PFL Kubogini o‘tkazadi. Musobaqada g‘olib chiqqan klub A guruhi ishtirokchilariga qo‘yilgan talablarni bajarmasa-da, 2019 yilgi mavsumni Pro-Liga A guruhida o‘tkazadi.
Pro-Liga V guruhida esa PFLning minimum talablarini bajargan hamda PFL Kubogida ishtirok etgan klublar (chempiondan tashqari) qatnashadi.
Quyida barcha musobaqa ishtirokchilari va formati bilan tanishing.
Pro-Liga A guruhi ishtirokchilari jami 8ta: «Mash'al», «Neftchi», «Sho‘rtan», «Istiqlol», «Sherdor», «Xorazm», «Orol» va PFL Kubogi g‘olibi. Ular 4 davrali, uy-safar tizimida Superliga yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.
PFL Kubogi ishtirokchilar soni 8ta: «Lokomotiv-BFK», «G‘ijduvon», «Zomin», «Iftixor», «Oq-tepa», «Yangiyer» va konkursdan tashqari 2ta jamoa - «Bunyodkor-2» va «Rubin». Ya'ni, bu ikki klubning har qanday natijasi inobatga olinmaydi. G‘olib Pro-Liga A guruhi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Qolgan 7 jamoa V guruhiga yo‘l oladi. O‘yinlar olimpiya tizimida o‘tkaziladi.
Pro-Liga V guruhi ishtirokchilari jami 14ta: «Andijon-2», «Rash-Milk», «Zarbuloq», «Ittifoq-Navoiy», «R.Madaminov», «Turon». «Zarangar» va «Ittifoq-Buxoro» o‘zaro pley-off o‘yinini o‘tkazadi. G‘olib V guruhdan joy oladi. Yana 7ta jamoa PFL Kubogi ishtirokchilari bo‘ladi.
V guruhi jamoalari 2 davrali, uy-safar tizimida maydonga tushishadi.
Pro-Ligada o‘yinlar haftaning chorshanba va payshanba kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

21:00 / 07.02.2019
PFL Superliga va Pro-Liga badali miqdorining keskin oshirilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

18:50 / 13.11.2018
«Andijon» Superligaga qaytdi

15:32 / 30.04.2018
FIFA talabiga ko‘ra «Sho‘rtan» jazolandi. Bu hali hammasi emas

12:37 / 19.02.2018