Rossiyalik oligarx AQSh hukumatini sudga berdi

Foto: ITAR-TASS
Tadbirkor Oleg Deripaska Kolumbiya okrugidagi sudga AQSh Moliya vazirligi va uning rahbari Stiven Mnuchinga qarshi da'vo bilan murojaat qildi. Oligarx o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar bekor qilinishini talab etmoqda.
Deripaska da'vo arizasida o‘zini siyosiy kurash va Rossiyaning AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga aralashuvi uchun qaytarilgan javob qurboni, deb atagan.
Deripaskaning bildirishicha, AQSh Moliya vazirligi harakatlari tufayli 7,5 milliard dollar miqdorida zarar ko‘rgan.
2019 yil yanvar oyida AQSh Moliya vazirligi Deripaskaga tegishli bo‘lgan En+ guruhi va uning nazorati ostidagi «Rusal» hamda «Yevrosibenergo» kompaniyalariga 2018 yil aprelida joriy etilgan sanksiyalarni bekor qildi. Sanksiyalar rossiyalik biznesmenning shirkatlardagi ulushi qisqartirilganidan keyin bekor qilindi.
Bundan oldin, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy g‘arbni oligarxlarga qarshi sanksiyalar kiritishga chaqirgandi.
Mavzuga oid

11:25
YeI va AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qildi

10:41
Kiyev Trampni Rossiyani o‘t ochishga majburlash uchun sanksiyalardan foydalanishga chaqirdi

09:36
O‘zbekiston va AQSh Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlik masalasini muhokama qildi

23:06 / 02.06.2025