Braziliyaning sobiq prezidenti Mishel Temer hibsga olindi

Foto: EPA-EFE/Fernando Bizerra Jr
Braziliya huquqni muhofaza qilish organlari korrupsiya ishi doirasida mamlakatning sobiq prezidenti Mishel Temerni hibsga oldi, deb xabar berdi Globo portali.
Portalning bildirishicha, Petrobras kompaniyasidagi korrupsion mojaro bilan bog‘liq operatsiya doirasida hibsga olingan.
Petrobras kompaniyasi 2014 yilda, bir necha mansabdorlar shartnoma imzolagani uchun shartnomaning 3%i miqdorida pul olishgani ma'lum bo‘lganidan so‘ng korrupsion mojaro markazida qolgandi.
Bu mablag‘lar keyinchalik siyosatchi va mansabdor shaxslarni sotib olish uchun ishlatilgan.
Braziliya hukumatining bildirishicha, narxlarni oshirish va poralar orqali sxema mualliflari 3,8 milliard dollarga yaqin pul ishlab olishgan.
Mavzuga oid

14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan

20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi

19:37 / 01.05.2025