Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tillani yutib uchmoqchi bo‘lgan yo‘lovchining «parvozi» qoldirildi

Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari quyma tillalarni yashirincha olib chiqib ketishga uringan shaxsni to‘xtatib qolishdi.
Jumladan, «Toshkent-Amritsar» yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan fuqaro D.D.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va fuqaro tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada ushbu fuqaro jami 8 dona quyma tilla bo‘laklarini olib o‘tish maqsadida yutib olganligi ma'lum bo‘ldi. Ammo uning bu urinishlari naf bermadi va narxi qariyb 36 million so‘mlik quyma tillalar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

12:00 / 23.06.2025
Aeroportda tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

13:07 / 11.06.2025