Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident qabulxonasi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi

Illyustrativ foto
Internetda Toshkent shahrining Qoratosh va Furqat ko‘chalari kesishmasida prezident Shavkat Mirziyoyevning qabulxonasi ochilishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Iddao etilishicha, navbatga yozilgan ilk fuqarolar bilan prezident Mirziyoyev shaxsan uchrashadi va ularning murojaatlarini tinglaydi.
Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi bildirishicha, bu haqdagi xabarlar yolg‘ondir. Toshkent shahrida prezidentning shaxsan o‘zi fuqarolar bilan uchrashadigan hech qanday qabulxona ochilmaydi.
Shuningdek, onlayn-translatsiya ko‘rinishidagi qabullarni tashkillashtirish ham rejada yo‘q.
Manba bu kabi asossiz xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.
Ma'lumki, prezident virtual qabulxonasi Rossiya, Qirg‘iziston, Belarus, Ukraina va boshqa ko‘plab davlatlarda bor. Biroq, hech bir mamlakatda prezidentning shaxsan o‘zi qabulxonada o‘tirishi kuzatilmaydi. Qabulxonalarda ishlovchi shaxslar davlat rahbarining vakili sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning barcha hududlarida Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. 2017 yil esa Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e'lon qilingandi.
2019 yil 17 yanvarda O‘zbekiston prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan 2019 yil 1 fevraldan boshlab Xalq qabulxonalarining aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amaldagi tizimi bilan bir qatorda, Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishini, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilindi.
Prezident farmoni bilan Xalq qabulxonalariga bir qator qo‘shimcha vazifalar ham yuklatildi. Xususan, endi Prezident Xalq qabulxonalari sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni o‘rganish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilish borasidagi faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib boradi.
Mavzuga oid

21:25 / 09.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun «Yechimlar atlasi» taqdimoti bilan tanishdi

20:51 / 08.07.2025
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi

06:15 / 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi

20:36 / 18.08.2023