Rim papasi va Marokash qiroli Quddus bo‘yicha chaqiriq bilan chiqishdi

Foto: Vatikan matbuot xizmati
Rim papasi Fransisk va Marokash qiroli Muhammad VI Quddusning maqomini "uch dinning umumiy merosi" bo‘lgan shahar sifatida saqlab qolish chaqirig‘i bilan chiqishdi. Ular Rim katolik rahbarining Marokashga tashrifi chog‘ida ana shu mazmundagi chaqiriqni imzolashdi.
"Quddusning insoniyat umumiy merosi shahri maqomini, ayniqsa, uch din uchun ahamiyatli bo‘lgan uchrashuv joyi va tinchlikda yashash ramzi sifatida saqlab qolishga chaqiramiz", - deyiladi hujjatda.
Fransiskning Marokashga tashrifi asosiy mavzusi ekstremizm va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadidagi dinlararo muloqot hisoblanadi.
Rim papasining Marokashga safari 31 martga qadar davom etadi.
Mavzuga oid

17:22 / 18.05.2025
Vatikanda yangi Rim papasining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi

22:32 / 08.05.2025
Amerikalik kardinal yangi Rim papasi etib saylandi

09:37 / 08.05.2025
Vatikanda kardinallar yangi Rim papasini saylay olmadi

21:54 / 07.05.2025