Surxondaryoda ayollarning o‘zaro janjali pichoqbozlikka olib keldi

2019 yil 5 aprel kuni Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumani Tamaddun mahallasida yashovchi 24 yoshli N.R. ismli ayol Bobotog‘ mahalla hududida joylashgan dehqon bozori oldida o‘zaro janjal sabab Do‘stlik mahallasida yashovchi 35 yoshli D.M. ismli ayolga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada D.M. kasalxonaga yotqizilib, N.R. ushlangan.
Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:58
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi

16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi

08:56 / 19.05.2025