Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Assanjning otasi Avstraliya hukumatidan o‘g‘lini vatanga qaytarilishini so‘ramoqda

Foto: Globallookpress
Londonda qo‘lga olingan avstraliyalik Julian Assanjning otasi rasmiy Melburnga ochiq murojaat yo‘lladi. U o‘g‘lining vatanga qaytarilishini talab qilmoqda, deb xabar beradi SBS.
WikiLeaks portali asoschisining otasi —Jon Shipton 47 yoshli Assanjning tashqi ko‘rinishidagi horg‘inlikda qayg‘udaligini bildirgan.
«Mamlakat Bosh vaziri va Tashqi ishlar vazirligi har qanday vositani ishga solib bo‘lsa-da, uni Avstraliyaga qaytarishi lozim. Hamma tomonni birday qanoatlantiradigan yechim mavjud. Ishonamanki, Julianni uyga qaytarish bo‘yicha oliy rahbariyat muzokaraga kirishgan», — deydi u.
Avstraliya hukumati esa Julian Assanjga konsullik xizmatidan boshqa huquqiy ko‘mak berilmasligini ma'lum qildi.
Assanj 2006 yili davlatlarning maxfiy siriga oid hujjatlarni fosh etuvchi WikiLeaks portaliga asos solgandi. 2012 yili Shvetsiya hukumati unga nisbatan jinoiy ish ochgandan so‘ng, ta'qibdan qochib yurgan Assanj deyarli yetti yil davomida Ekvadorning Londondagi elchixonasida yashadi.
Payshanba kuni Janubiy Amerika davlati vakillari Julianga muhojirlik maqomini bermasligini aytdi. Shuningdek, u elchixonani tark etishi zarurligi ma'lum qilindi. AQShning 2017 yil ekstraditsiya talabi hamda Shvetsiya politsiyasi so‘rovi bilan London politsiya zobitlari Assanjni qo‘lga oldi.
Agar u AQShga yuborilsa, Assanj 35 yil umrini qamoqda o‘tkazishi yoxud qatl etilishi mumkin.
Mavzuga oid

18:24 / 10.07.2025
Avstraliya 2014 yilda urib tushirilgan MH17 samolyoti uchun Rossiyadan tovon talab qildi

17:42 / 07.07.2025
Avstraliyalik ayol qarindoshlarini zaharli qo‘ziqorin bilan o‘ldirdi

20:40 / 04.07.2025
Avstraliyada erkak juda kam uchraydigan virusdan vafot etdi

22:37 / 29.06.2025