Viktor Yanukovich Ukrainaga qaytishni istamoqda – OAV

Foto: Thierry Monasse, Globallookpress
Advokat Vitaliy Serdyuk “Izvestiya” nashriga intervyusida Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich vataniga qaytib, unga qarshi qo‘yilgan ayblovlar “siyosiy xarakterga” ega bo‘lganini isbotlashni istamoqda.
“Viktor Yanukovichda qaytish istagi haqiqatda bor. Biz uning huquqlari uchun kurashning ilk kunlaridanoq bu ustida ishlamoqdamiz. Zelenskiyning prezident etib saylanishi Viktor Yanukovichning bu istagiga hech qanaqasiga ta'sir qilmaydi”, deb aytgan Serdyuk.
Uning aytishicha, Yanukovich Rossiya hududida “vaqtinchalik va majburlikdan” qolmoqda.
“Himoya uning huquqlarini tiklashga va barcha ayblovlar huquqiy emas, balki siyosiy xarakterga ega bo‘lganini isbotlash uchun barcha ishni qilmoqda. Biz o‘sha voqealarning haqiqiy aybdorlari jazo olishini istaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan Yanukovichning advokati.
Serdyukning aytishicha, Yanukovich yaqinda Vladimir Zelenskiyga prezident saylovlaridagi g‘alabasi munosabati bilan tabrik yuborgan, biroq bu uning yurtiga qaytish istagi bilan bog‘lanmagan.
Yanukovich Ukrainada davlatga xiyonat ayblovi bilan sirtdan 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. U bu hukmni siyosiylashtirilgan va noqonuniy deb hisoblaydi.
Ukrainaga 2010 yildan prezidentlik qilgan Yanukovich Ukrainadagi o‘tkir siyosiy inqiroz davomida 2014 yil 22 fevralda oliy rada tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan. U shundan keyin Ukrainani tark etib, Rossiyaga ketishiga to‘g‘ri kelgan. Hokimiyatdan chetlatilgandan keyin Yanukovichga qarshi ko‘plab jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

19:32 / 24.05.2025
Rossiya va Ukraina 307 nafar harbiy asirni almashtirdi

14:39 / 24.05.2025
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi

13:12 / 24.05.2025
OAV Ukrainada 109 mingdan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

23:03 / 23.05.2025