London sudi Julian Assanjni 50 haftaga qamoq jazosiga hukm qildi

Foto: Daniel LEAL-OLIVAS/ AFP
London sudi Wikileaks asoschisi Julian Assanjni garov evaziga ozodlikka chiqish shartlarini buzgani uchun 50 haftaga qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Siz o‘z ixtiyoringiz bilan politsiyaga taslim bo‘lmadingiz, Ekvador elchixonasi binoga politsiya kirishiga ruxsat berishga majbur bo‘ldi. Sizda tanlash imkoniyati bor edi va men jazoni yumshatish borasidagi barcha vajlarni rad etaman", — degan sudya Debora Teylor hukmni e'lon qilarkan.
Wikileaks asoschisi hukm e'lon qilinishi oldidan advokatlari orqali qilgan ishlaridan afsusda ekanligini bildirgan.
Payshanba kuni Vestminster magistrlik sudida Assanjni ekstraditsiya qilish masalasi bo‘yicha sud ishi davom etadi.
Jurnalist, WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj josuslik mojarolari haqidagi o‘ta maxfiy materiallarni e'lon qilib kelgan. 2010 yilda Shvetsiyada uni hibsga olish uchun order berildi. 2012 yilda Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasiga yashirindi va ushbu davlat rahbariyatidan siyosiy boshpana so‘radi. U yetti yil davomida elchixonada yashadi, 2019 yil 11 aprel kuni Ekvador unga boshpana bo‘yicha rad javobi berdi.
Mavzuga oid

12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi

09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi

11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi

09:31 / 21.05.2025