Sport | 20:04 / 02.05.2019
4249
2 daqiqa o‘qiladi

Temurxo‘ja Abduxoliqov Superligada golli seriya qayd etmoqda

«Lokomotiv» hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov Superliga 7-turidan o‘rin olgan «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yinda jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi.

Tribuna.uz ma'lumotiga ko‘ra, bu ushbu hujumchining chempionatning joriy mavsumida urgan 6-goli bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Temurxo‘ja Abduxoliqov Superliganing ketma-ket 6-o‘yinida gol urmoqda. U faqat 1-turdan o‘rin olgan «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda gol ura olmagan. Keyingi turlarda esa «Andijon», «Navbahor», OKMK, «Buxoro», «Qizilqum» va «Qo‘qon-1912» jamoalari darvozasini ishg‘ol qilgan.

Ayni vaqtda u OKMK hujumchisi Zafar Polvonov va «Paxtakor» hujumchisi Dragan Cheran bilan bir xilda - 6tadan urgan gol holda Superliga to‘purarlari ro‘yxatida bormoqda.

Mavzuga oid