Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda faxriylarga ehtirom ko‘rsatildi
Respublikaning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Navoiy viloyatida ham 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti faxriylariga davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan alohida ehtirom ko‘rsatilmoqda.
Bu e'zoz esa qonli janggohlarda bugungi tinch va osuda kunlarimiz uchun kurashgan nuroniylarimizning ko‘nglini xushnud etmoqda.
Navoiy viloyatida bugungi kunda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bo‘lgan 37 kishi istiqomat qilib, dorulomon kunlarga shukrona, yurtga tinchlik va qut-baraka so‘rab, hayot gashtini surmoqda.
Viloyat hokimligi, jamoat tashkilotlari vakillari hamda harbiylar va yoshlar Nurota tumanida yashovchi urush va mehnat faxriylari xonadonida ham bo‘ldilar. Davlatimiz rahbari nomidan 7 million 500 ming so‘m miqdordagi mukofot puli hamda esdalik sovg‘alari o‘z egalariga topshirildi.
Mavzuga oid

21:17 / 03.07.2025
Navoiyda voyaga yetmagan qizlar ishtirokida janjal sodir bo‘ldi

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025