Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda “Vikipediya” to‘liq bloklandi

Foto: Gary Cameron / Reuters
Xitoy hukumati “Vikipediya” onlayn-ensiklopediyasining barcha tillardgi versiyalariga kirishni chekladi. Bu haqda onlayn-ensiklopediyani qo‘llab-quvvatlovchi “Vikimediya” jamg‘armasiga iqtibos keltirgan holda “Bi-Bi-Si” telekanali xabar berdi.
“Internet-trafik batafsil tahlil qilingandan keyin Xitoyda “Vikipediya” barcha tillarda bloklanganini tasdiqlay olamiz”, deb aytilgan jamg‘arma xabarida. Jamg‘arma vakillarining aytishicha, ular saytga kirishning taqiqlanishi haqida Xitoy hukumatidan hech qanday ogohlantirish olishmagan.
Bungacha Xitoyda “Vikipediya”ning faqat xitoy tilidagi versiyasiga kirib bo‘lmayotgandi. Biroq internetda bloklashlar ortidan kuzatuvchi OONI loyihasi ma'lumotlariga ko‘ra, aprel oxiridan ensiklopediyaning boshqa tillardagi versiyalariga cheklov joriy qilingan.
Xitoyda onlayn-ensiklopediyadan tashqari, Google, Facebook va LinkedIn’ga ham kirish bloklangan.
2017 yil aprelda “Vikipediya” Turkiyada ham taqiqlangandi. Rasmiy Anqaraning fikricha, sayt Turkiyani xalqaro maydonda yomonotliq qilish kampaniyasining bir qismi bo‘lgan.
Mavzuga oid

21:14 / 09.07.2025
Ukrainada «Neptun» raketasiga oid maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashga uringan xitoylik josuslar ushlandi

17:44 / 09.07.2025
Tayvanda Xitoyning ehtimoliy hujumiga qarshi tarixdagi eng katta harbiy mashqlar boshlandi

21:29 / 08.07.2025
Eron Xitoydan havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib oldi - OAV

14:57 / 07.07.2025