«Kobalt»ga nimalar yashirilgan edi?
Bojxona organlari tomonidan maishiy texnika vositalarini noqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Xususan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Marg‘ilon shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, “Pakana-Farg‘ona-Marg‘ilon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro M.O boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina tezkor kuzatuvga olinib, Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaro I.N. xonadoniga kirib borgandan so‘ng ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida muqaddam qo‘shni mamlakatdan respublikamizga noqonuniy olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 31,2 million so‘mlik 156 dona go‘sht qiymalagichlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi

22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi

09:10 / 07.05.2025
Chegarada fuqaro tanasidan 1,3 mlrd so‘mlik oltin quymalar aniqlandi

22:43 / 23.04.2025