Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «Neksiya» va «Damas» to‘qnashib ketdi. Ikki haydovchi ham halok bo‘ldi

Foto: Zarnews.uz
7 iyun kuni Samarqand viloyat Toyloq tumanida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
7 iyun kuni soat 19:30 larda Samarqand viloyati Urgut tumanida yashagan 47 yoshli B.B. o‘z boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinani Toyloq tumani Shokkash mahallasi hududidan o‘tuvchi «Toyloq-Urgut» yo‘lining 3-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va Toyloq tumanida yashagan 27 yoshli A.H. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Avtohalokat oqibatida ikkala avtomashina haydovchisi kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta'kidlash joiz, Urgut-Toyloq yo‘li Samarqand viloyatidagi eng serqatnov hududiy yo‘llardan biri hisoblanadi.
Ushbu yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishdagi «polosalari» to‘siqlar yordamida ajratilmagan. Ikki tomonga harakatlanish uchun ham atigi bitta «polosa» ajratilgan. Yo‘lning torligi, yoritilmasligi, qarama-qarshi yo‘nalishlar to‘siqlar yordamida ajratilmagani va ayniqsa yo‘l qoplamasi sifatli bo‘lmagani sabab bu yo‘lda tez-tez yo‘l transport hodisalari bo‘lib turadi.
Mavzuga oid

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:50 / 30.07.2025
Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirildi

15:32 / 30.07.2025
“Samarqandda bolalar dam oladigan joy yo‘q” - Adiz Boboyev yangi parklar tashkil etishni buyurdi

09:49 / 30.07.2025