Qoraqamishda shamol tufayli tomi qulab tushgan uyda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda

8 iyun kuni Toshkent shahri Olmazor tumani Qoraqamish 2/4 dahasida kuchli shamol oqibatida ko‘p qavatli turar joy binosining tomi qulab tushgani tasvirlangan video tarqalgandi.
Tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu tom 2 yil avval yopilgan bo‘lgan.
«Bugungi kunda tuman hokimligi mutasaddilari tomonidan qulab tushgan tom bo‘laklari tozalanib, hudud tartibga keltirildi.
Tomni yopishda noxolis ishlagan quruvchilarga nisbatan chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda. Yaqin kunlarda 30-uyning tom qismi yangidan, sifatli, zamonaviy qilib yopilishi borasida ishlar boshlab yuborilgan», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

22:03 / 13.06.2025
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi

19:49 / 19.05.2025
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi

08:44 / 08.04.2025
Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi

13:08 / 25.02.2025