Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashirincha olib kelinayotgan 3,8 milliard so‘mlik matolar fosh etildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan holda yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan tovar-moddiy boyliklarni olib kirishga urinish holatlariga chek qo‘yildi.
Xususan, bojxonachilar tomonidan Farg‘ona viloyati “Qo‘qon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga xorijdan mamlakatimizdagi mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan konteynerlar belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada yuk konteynerlarida hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha va boshqa nom bilan ko‘rsatilgan umumiy qiymati 3 milliard 59 million so‘mlik 305 913 metr mato borligi aniqlandi.
Uddaburonlar matolarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklatura kodlarini noto‘g‘ri ko‘rsatib, bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga urinishgan.
Shuningdek, yana bir holatda Yangiyo‘l tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida xorijdan poytaxtimizdagi mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan yuk konteynerlari tekshirildi. Tekshiruv natijasida konteynerlarda hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha 771,2 million so‘mlik matolar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

12:00 / 23.06.2025
Aeroportda tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

13:07 / 11.06.2025