Adliya vazirligi OAV orqali fuqarolarning shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanishi haqida eslatdi

Foto: minjust.uz
Oxirgi paytlarda ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda insonlarning shaxsiy hayotiga tegishli ma'lumotlar, xabarlar va shuning asosida xulosalar tarqatish uchramoqda, deya xabar beradi Adliya vazirligi.
Vazirlik yagona davlat huquqiy siyosatini olib boruvchi tashkilot sifatida quyidagilarga e'tibor qaratish lozim deb hisoblashini ma'lum qildi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 25-moddasida har kimning erkinlik va shaxsiy daxlsizligi, 27-moddasida shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqi kafolatlangan.
“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga taalluqli axborotdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunga asosan, OAV orqali fuqarolarning shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi.
“Jurnalistlik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasiga ko‘ra, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida jurnalist shaxsning huquqlari va erkinliklarini hurmat qilishi shart.
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma'lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish, eng kam ish haqining qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Adliya vazirligi shaxsiy daxlsizlik huquqi Konstitutsiya bilan himoyalanishini va bu kafolatni hech kim poymol eta olmasligini tushuntirgan va barcha axborot makoni ishtirokchilarini shu huquqlarni hurmat qilishga va qonunlarga rioya etishga chaqirgan.
Mavzuga oid

10:39 / 24.05.2025
Shaxsiy hayot daxlsizligini buzishga oid jinoyatlar 40 foizga oshdi

11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi

10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi

16:09 / 18.03.2025