Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Parfyumeriya” operatsiyasi fosh etildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Yurtimizga sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarini yashirincha olib kirilishiga qarshi bojxona xodimlari tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Andijon viloyati Jalaquduq tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida fuqaro M.S.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshirildi. Natijada, ushbu shaxs o‘z xonadonida fuqaro G‘.Z.ga tegishli bo‘lgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 66,8 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan parfyumeriya vositalarini noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

12:00 / 23.06.2025
Aeroportda tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

13:07 / 11.06.2025