Sport | 08:36 / 16.07.2019
6248
1 daqiqa o‘qiladi

De Yong «Barselona»da ham «Ayaks»dagi raqamida o‘ynaydigan bo‘ldi

Foto: FC Barcelona

«Barselona»ning yangi yarimhimoyachisi Frenki de Yong 21-raqamda o‘ynaydigan bo‘ldi.

Kataloniya klubida bu raqam Karles Alenyaga tegishli edi, yarimhimoyachi uni 19-raqamga almashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, de Yong «Ayaks»da ham 21-raqamda o‘ynardi. Uning Amsterdam klubidan transferi kamida 75 mln yevroga tushdi, 11 mln yevro bonuslar tariqasida to‘lanishi mumkin.

Mavzuga oid