Loran Koselni «Arsenal»dan ketdi

Fransiyalik himoyachi Loran Koselnining «Arsenal»dagi 9 yillik faoliyati yakuniga yetdi. U vataniga qaytdi va «Bordo» bilan shartnoma imzolab, keyingi mavsum Yevropa ligasida qatnashish imkoniyatini saqlab qoldi.
«Transfer shartlari masalasida kelishuvga erishganimizdan so‘ng uning «Bordo»ga o‘tishiga ruxsat berishga qaror qildik.
Loranga klubimiz rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusidagi faoliyatiga omad tilaymiz», – deyiladi «to‘pchilar» matbuot xizmati xabarida.
«Arsenal» jamoa sardorining ketishi munosabati bilan uning klubdagi faoliyatiga bag‘ishlangan qisqa video ham taqdim etgan.
🗓9️⃣ years
— Arsenal (@Arsenal) August 6, 2019
🔴3️⃣5️⃣3️⃣ appearances
🏆3️⃣ FA Cups
Bonne chance in France, @6_LKOSCIELNY pic.twitter.com/U3nAHCx9fO
Koselnining London klubi bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgandi. OAV ma'lumotiga ko‘ra, transfer 5 mln yevro evaziga amalga oshgan.
Avvalroq himoyachi o‘zini tekinga qo‘yib yuborishlarini so‘rab, «Arsenal»ning AQSh turnesiga borishdan bosh tortgan edi. Xabarlarga qaraganda, klubning u bilan xayrlashish rejasi bo‘lmagan, ammo Loran taklif etilgan yangi shartnoma loyihasiga ko‘nmagan.
Yakunda «Bordo» Koselnini qo‘lga kiritish uchun raqobatda «Renn» klubidan ustun kelgan.
Endilikda «Arsenal» payshanba kunigacha – transfer oynasi yopilguncha boshqa markaziy himoyachi sotib olishga urinadi.
Mavzuga oid

11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari

14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari

02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi

12:27 / 04.05.2025