Jahon | 22:32 / 15.08.2019
4221
1 daqiqa o‘qiladi

BMTning Kashmir bo‘yicha maslahatlashuvlariga Hindiston va Pokiston taklif etilmadi

Foto : RIA Novosti / Flickr MID Rossii

Hindiston va Pokiston vakillari BMT Xavfsizlik kengashining Jammu va Kashmir shtati atrofidagi vaziyat bo‘yicha yopiq maslahatlashuvlarida ishtirok etmaydilar. Maslahatlashuvlar 16 avgustga belgilangan. Bu haqda Xavfsizlik kengashida raislik qilayotgan Polsha doimiy vakolatxonasida xabar qilindi.

“Uchrashuv kengashning yopiq maslahatlashuvlari shaklida o‘tgani sababli bizda tegishli davlatlar vakillarini taklif qilish amaliyoti yo‘q. Shu sababli, ertangi yig‘ilishda na Hindiston, na Pokiston vakillari ishtirok etadi”, deyilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, uchrashuvda Xavfsizlik kengashining 15 a'zosi vakillarigina ishtirok etadi. Maslahatlashuvlar Xitoy so‘roviga ko‘ra o‘tkazilmoqda.

Pokiston 5 avgustda Hindiston Jammu va Kashmir shtati maqomini pasaytirganiga keskin munosabat bildirgan. Shundan keyin tomonlar chegaraga qo‘shinlar torta boshlagani xabar qilingan. 

Ta'kidlash joiz, ikki davlat Kashmir uchun uch marta jang qilishiga to‘g‘ri kelgan. 

Mavzuga oid