Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov insultga chalindi. U hibsxonadan kasalxonaga olib ketilgan

Foto: gov.kg
Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda media-ekspert Gulnur Toraliyeva «Feysbuk»dagi o‘z sahifasida xabar berdi.
Mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidan xabar qilishlaricha, Isoqov shifokorlar nazorati ostida qolmoqda. MXDQ sobiq amaldorning aynan qaysi kasalxonada ekanligiga aniqlik kiritmagan.
Ayni paytda, AKIpress manbalari xabar berishicha, sobiq bosh vazir Milliy kasalxonaning nevrologiya bo‘limiga yotqizilgan. Unda umurtqa arteriyasi sindromi aniqlandi, bu o‘rta yoshda qayd etilishi mumkin bo‘lgan insultning eng ko‘p uchraydigan sababidir.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov 2018 yil 5 iyun kuni qo‘lga olindi. Mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi S.Isoqovga Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 303-moddasi 1-qismi (korrupsiya) bilan ayblov qo‘ygan.
Mavzuga oid

11:14 / 21.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

18:40 / 18.06.2025
Qirg‘iziston poytaxtida blekaut yuz berdi

17:19 / 11.06.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi

17:12 / 09.06.2025