Fransiya elchisining O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlanmoqda

Foto: Oliy Majlisi Senati axborot xizmati
2019 yil 21 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Fransiya elchisi Violen de Vilmor xonim bilan uning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlisi Senati axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda Violen de Vilmor O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil oktabr boshida Fransiyaga amalga oshirgan samarali rasmiy tashrifi tufayli O‘zbekiston-Fransiya munosabatlari yangi darajaga ko‘tarilgani alohida ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan taraqqiyot yo‘lidagi islohotlarga va hayotning barcha sohalaridagi tub o‘zgarishlarga yuksak baho berildi.
Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek ikki mamlakat hududlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun barcha mavjud imkoniyatlardan foydalanish muhimligi haqida yakdil fikr bildirdilar, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

11:51 / 13.06.2025
Fransiya banki O‘zbekistonga yangi samolyotlar va poyezdlar xarid qilishda yordam berishi mumkin

11:35 / 12.06.2025
Assystem «O‘zatom»ga AES loyihasini texnik qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi

15:38 / 10.06.2025
Fransiya Isroildan Madleen bortida ushlangan fransuzlarni zudlik bilan ozod etishni talab qildi

00:05 / 09.06.2025