Eron Ummon ko‘rfazida yettita baliqchilik kemasini ushlaganini ma'lum qildi

Foto: SIPA
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Ummon ko‘rfazida yettita baliqchilik kemasini ushlaganini ma'lum qildi. Bu haqda Fars agentligi xabar berdi.
"Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi harbiy dengiz kuchlari kemalari ruxsat etilgan masofaga rioya qilmaganligi sababli 24 nafar ekipaj a'zolari xorijliklardan iborat bo‘lgan yettita baliqchilik kemasini ushladi", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, kemalar Jask porti hududida ushlangan.
Iyul oyida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Fors ko‘rfazida xorijiy tankerni qo‘lga olgandi.
Mavzuga oid

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi

20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

12:18 / 15.05.2025