O‘zbekiston | 19:06 / 05.09.2019
102031
2 daqiqa o‘qiladi

«Bahona topildi». Deputatlar avtomobillar narxini qimmatlashtiradigan qonun loyihasiga e'tiroz bildirdi

"Kunning birinchi yarmida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida avtomobillar utilizatsiyasi uchun "utilizatsiya yig‘imi"ni joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida deputatlar tomonidan qattiq e'tiroz va ikkilanishga sabab bo‘ldi", deb yozadi deputat Rasul Kusherbayev. 

"So‘zga chiqqan deputat hamkasblarimiz mutaxassislardan bunaqa tartibni kiritishni asoslab berishni so‘rashdi, biroq tayinli javob bo‘lmadi. Men ham bunaqa yig‘imni joriy qilishda ekologik vaziyatni yaxshilash bosh maqsad ekanligiga shubham borligini bildirdim. Shundoq ham qimmat avtomobillar utilizatsiya yig‘imi joriy qilinsa yanada qimmatlashmasligiga kim kafolat beradi? "Ekologiya" judaaa yaxshi bahona topildi".

Kusherbayevning qayd etishicha, fraksiya a'zolarining e'tirozlaridan ko‘rindiki qonun loyihasi ovozga qo‘yilsa qo‘llab-quvvatlanmaydi, shu bois iltimosga ko‘ra, ma'lum muddatga kun tartibidan chiqarib tashlandi. 

"Bunaqa ko‘rinish va ahvoldagi loyihani yaqin orada o‘tkazmasak kerak. Agar yana... Xullas hammaga insof va chidam...", deya fikrini yakunlaydi Rasul Kusherbayev.

Mavzuga oid