La Liga. «Real» g‘alaba qozonib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Foto: Twitter/LaLiga
La Ligada 6-turning yana bir o‘yini yakunlandi. O‘z maydonida «Osasuna»ni qabul qilgan «Real» 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Vinisius hamda Rodrigoning kiritgan chiroyli gollari Zidan jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Real» ochkolari sonini 14taga yetkazib, La Liga turnir jadvalining yaqqon yetakchisiga aylanib oldi.
La Liga. 6-tur
Real Madrid – Osasuna 2:0
Gollar: Vinisius Junior (36), Rodrigo (72).
Real Madrid: Areolya, Nacho, Odriosola, Militao, Ramos, Kroos, Kazemiro, Vaskes, Valverde (Xames, 82), Vinisius Junior (Rodrigo, 71), Yovich.
Osasuna: Ruben Martines, Lilo Kastelyano, Ronkalya, Estupinyan, Navas, Monkayola, Ruben Garsiya, Ibanes (Roberto Torres, 70), Merida, Brandon (Vilyar, 65), Kardona (Chimi Avila, 65).
Mavzuga oid

16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi

19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi

12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi

02:38 / 03.04.2025