Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Norin» daryosi orqali mahsulotlar olib o‘tish qing‘ir rejasiga chek qo‘yildi
Bojxonachilar mamlakatimizga sifati kafolatlanmagan mahsulotlarini noqonuniy olib kirish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Uchqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tadbir davomida fuqaro M.G‘ qo‘shni mamlakatdan noqonuniy ravishda “Norin” daryosi orqali olib o‘tilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 36 million so‘mlik 4586 dona cho‘g‘lanma lampalar, 4 dona televizor va boshqa xo‘jalik mahsulotlarini qabul qilib olayotganda to‘xtatib qolindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

12:00 / 23.06.2025
Aeroportda tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

13:07 / 11.06.2025